GASTRINNING TUZILISHI, SEKRETSIYASI VA BIOLOGIK TA’SIR MEXANIZMLARI

Authors

  • Sheripboyeva Sevara Otabek qizi Urganch davlat tibbiyot instituti 2-bosqich talabasi Author
  • Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi Urganch davlat tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi PhD katta o‘qituvchisi Author

Keywords:

Gastrin oshqozonning antral qismi shilliq qavatida joylashgan G-hujayralarda sintezlanadigan va saqlanadigan peptid gormon hisoblanadi.

Abstract

Oshqozon-ichak traktining gormonlari organizmda ovqat hazm qilish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi muhim biologik regulyatorlar hisoblanadi. Ularning biologik ta’siri asosan nishon hujayralar plazmatik membranasida joylashgan gormonga xos G-oqsil bilan bog‘langan retseptorlar (GPCR, G protein-coupled receptors) orqali amalga oshadi. Ushbu retseptorlarning faollashuvi natijasida hujayra ichki signal uzatish tizimlari ishga tushadi va fosfolipaza C, inozitol-1,4,5-trifosfat (IP₃), diatsilglitserol (DAG), protein kinazalar hamda kalsiy ionlariga bog‘liq signal yo‘llari faollashadi. Natijada hujayralarda sekretor, metabolik va trofik javob reaksiyalari yuzaga keladi.

Downloads

Published

2026-06-17