O‘RTA TOLALI PAXTANI DASTLABKI ISHLASH VA JINLASH JARAYONIDA TOLA VA CHIGIT SIFAT KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISH QONUNIYATLARINI TADQIQ ETISH

Authors

  • Berdaliyeva Mohlaroyim Abdulhamid qizi Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Author

Keywords:

Paxta tolasi, arrali jin, HVI laboratoriya tizimi, mikroner, kalta tolalar indeksi (SFI), solishtirma uzilish kuchi (Str), chigit toladorligi, selektsiya navlari.

Abstract

 Mazkur maqolada o‘rta tolali paxtalarni dastlabki ishlash va arrali jinlash mashinalarida qayta ishlash jarayonida tola hamda chigitlarning sifat ko‘rsatkichlarida yuzaga keladigan o‘zgarishlar chuqur ilmiy-tahliliy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida Namangan viloyatida rayonlashtirilgan selektsiya navlari “Namangan-34”, “C65-24”, “C82-86”, “Andijon-35”, “Namangan-77”, “Porloq-2” va “Porloq-1” bo‘yicha olingan namunalar AQSHning xalqaro ISO standartlariga asoslangan HVI (High Volume Instruments) laboratoriya tizimida 11 ta parametr bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mexanik ta’sir va zarbali yuklamalar natijasida tolaning tabiiy uzunligi va solishtirma uzilish kuchi pasayib, kalta tolalar indeksi SFI) hamda chigit toladorligi ortib ketmoqda. Xorijiy jin mashinalari Continental Eagle, Murray, Lummus, Lebed va mahalliy jin mashinalarining texnik-texnologik parametrlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning paxta sifatiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslandi.

References

1.Sarimsakov O.Sh., Berdaliyeva M.A, “Studying the movement of de-fibered seeds along the cross-section of the roll box.” american journal of multidisciplinary bulletin ISSN: 2996-511X (online) | ResearchBib (IF) = 9.512 IMPACT FACTOR Volume-3| Issue-3| 2025 Published: |30-03-2025|.

2.Sarimsakov O.Sh., Berdaliyeva M.A. “Arrali tola ajratgichlarda tola ajratishni yaxshilash.” Namangan To‘qimachilik Sanoati institutining “Tikuv trikotaj sanoatidainnivatsion tehnologiyalar, ishlab chiqarishdagi muammo, tahlil va sohani rivojlanish istiqbollari” mavzusida ilmiy amaliy konferensiya 2-tom 2024-yil 27-28- mart.

3.Саримсаков А., Мухиддинов С. Жин машинаси ишчи камерасида хомашё валиги айланишини тезлаштириш йўллари // Ишлаб чиқариш корхоналарининг иқтисодий самарадорлигини оширишда янги техника ва технологияларнинг роли. Республика илмий-амалий анжумани, Наманган, 2012 й., - Б.8-10.

4.M.D. Inamova “Urug‘lik chigit tolasini ajratish jarayonida mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash” mavzusidagi Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya. Namangan. 2024 y.

5.M.A. Berdaliyeva “ Arrali tola ajratish jarayoni parametrlarini optimallashtirish yo’li bilan mahsulot sifatini yaxshilash” mavzusidagi Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya. Namangan. 2026 y.

6.Агзамов М. Жинлаш жараёнида маҳсулот сифати яхшиланадиган янги тежамкор технологик жараён кўрсатгичларини аниқлаш. Фан доктори (DSc) илмий даражасини бериш бўйича тақдимнома. Тошкент. – 2018 й.

Downloads

Published

2026-09-29