KO‘ZI OJIZ SHAXSLAR TA’LIM TIZIMINI INKLYUZIV ATROF-MUHIT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Mehmonqulova Mardona G‘aybullayevna Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti talabasi Author

Keywords:

inklyuziv ta’lim, mobil ilova, audio darslik, ko‘zi ojizlar ta’limi, Brayl alifbosi, raqamli integratsiya, soliq imtiyozlari.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ko‘zi ojiz fuqarolarning ta’lim olish jarayonidagi dolzarb muammolar, xususan, maxsus o‘quv adabiyotlari va darsliklarning yetishmasligi hamda ularning oliy ta’lim bilan qamrab olinish darajasi pastligi tahlil qilingan. Muallif tomonidan xorijiy ilg‘or tajribalarni (AQSh va Finlandiya) o‘rgangan holda, ko‘zi ojiz shaxslar uchun maxsus audio darsliklar jamlangan mobil ilova yaratish, soliq imtiyozlari joriy etish va to‘liq inklyuziv ta’lim modeliga o‘tish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.

Downloads

Published

2026-07-02