OQ STREPTOTSIDNING N-GLIKOZIDI SINTEZI VA FARMATSEVTIK AHAMIYATI
Keywords:
N-glikozidlar, oq streptotsid, glyukoza, sulfanilamidlar, kondensatsiya reaksiyasi, antibakterial preparatlar, farmatsevtik kimyo, biologik samaradorlik, gidroliz, eruvchanlik.Abstract
Mazkur maqolada oq streptotsidning N-glikozid hosilasini sintez qilish usuli, uning fizik-kimyoviy xossalari hamda farmatsevtik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilindi. N-glikozidlar uglevod qoldig‘ining azot atomi orqali bog‘lanishi natijasida hosil bo‘ladigan biologik faol birikmalar sinfiga kiradi. Tadqiqotda glyukoza va oq streptotsidning kondensatsiya reaksiyasi asosida streptotsid N-glikozidi sintez qilindi. Reaksiya suvli muhitda olib borilib, mahsulot yuqori unum bilan olindi. Olingan birikmaning eruvchanligi, gidrolitik barqarorligi va biologik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari streptotsidning N-glikozid hosilalari suvda eruvchanlikni oshirishi, toksiklikni kamaytirishi hamda antibakterial ta’sir davomiyligini uzaytirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, uglevod fragmentining mavjudligi preparatning biologik transport xususiyatlarini yaxshilashi mumkinligi qayd etildi. Oq streptotsidning N-glikozidi farmatsevtik kimyo va dori vositalari texnologiyasida istiqbolli birikma sifatida baholandi.
References
1.Chandel N. S. Glycolysis // Cold Spring Harbor Perspectives in Biology. – 2021. – Vol. 13. – № 5. – P. a040535.
2.Yang Y., Yu B. Recent advances in the chemical synthesis of C-glycosides // Chemical Reviews. – 2017. – Vol. 117. – № 19. – P. 12281–12356.
3.Yakubov A. V. va boshqalar. Gipoglikemik dori vositalari klinik farmakologiyasi. – 2023.
4.Abdullayev S. va boshqalar. Kasalliklarda qo‘llaniladigan farmatsevtik preparatlar va ularni o‘rnini bosuvchi tabiiy vositalar // Obrazovanie, nauka i innovatsionnye idei v mire. – 2025. – Vol. 82. – № 2. – P. 9–16.




United Kingdom
Germany
France
Uzbekistan
Türkiye
Kazakhstan
Kyrgyzstan
Turkmenistan
Azerbaijan
India
Republic of Korea
Japan
United States of America
Kosovo
Italy
Spain
Poland
Netherlands
Belgium
Sweden
Norway
Finland
Denmark
Switzerland
Austria
Czech Republic
Hungary
Romania
Bulgaria
Greece
Portugal